12 yanvar kuni qamoqdan ozod etilgan Salim Abduvaliev uni qamoqqa tiqish rejasini kim tuzgani va kim amalga oshirgani haqida o‘z yaqinlari va do‘stlariga so‘zlab bergan.

Bu yil 75 yoshni qarshilaydigan Salim Abduvaliev 2023 yil oxirida O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri davomida qo‘lga olingan edi.

2024 yilning 19 martida esa jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining yopiq majlisi hukmi bilan JKning 248-moddasida (o‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash) ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mahalliy matbuotda tadbirkor va mesenat deb ta’riflab kelingan Salim Abduvalievning ma’lum qilishicha, uni qamoqqa olinishiga sababchi bo‘lgan shaxs – Salimboy bilan har doim bir qatorda tilga olinadigan, jinoyat doiralarida “Graf” va “Blyadina” laqabi bilan tanilgan avtoritet G‘ofur Rahimovdir.

Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan erkin maydon.
Kanal homiysi bo’ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo’lasiz.
Batafsil ma’lumot:
https://www.youtube.com/channel/UCdYKPbb-1ZiaTyaBaNpTEHg/join


Source Link